Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi Oʻzbekistonning futbol klublari va musobaqalarini idora etuvchi tashkilotidir.
Futbol — Oʻzbekistondagi madaniy hayotning ajralmas qismidir. Oʻzbek futbolining tarixi chuqur va mustahkam ildizga ega boʻlib, bu ildizlar XX asr boshlariga borib taqaladi.

O`zbekiston Futbol Federatsiyasi rasmiy logotipi
Tarix
1912-yildayoq, hozirga kelib „Millionlar oʻyini“ deb atalayotgan mazkur oʻyin „kasalligi“ bilan Farg`ona va Qo`qonning
butun aholisi „ogʻrigan“ edi. Oʻzbek futboli tarixidagi ilk jamoa ham
aynan shu vohada paydo boʻlgani ham fikrlar isbotidir. Shundan soʻng, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan
hamda Oʻzbekistonning boshqa shaharlarida turli futbol klublari paydo
boʻla boshladi. Oʻtgan asrning 20-yillari oʻrtalariga kelib, mamlakat
birinchiligi baxslari ham oʻtkazila boshladi.
1928-yilda Oʻzbekiston Milliy terma jamoasi asos solindi. Oʻsha
kezlarda endi tashkil etilgan jamoa Moskvada oʻtgan spartakiada
baxslarida oʻziga hos natijalarni qayd etdi.
30-yillarga kelib, oʻzbekistonlik futbolchilar xalqaro oʻyinlar
doirasida birinchi gʻalabani nishonlashdi. Havaskor futbolchilardan
tashkil topgan Norvegiya va Germaniya terma jamoalari magʻlubiyatga
uchratildi.
1939-yildan eʼtiboran, Oʻzbekistonning yetakchi jamoalari, jumladan
Toshkentning „Dinamo“, „TODO“, „Spartak“ kabi futbol klublari Sobiq
Ittifoq birinchilgi hamda mamlakat Kubogi oʻyinlarida, B toifasidagi
sport ustalari oʻrtasidagi musobaqalarda ishtirok etishni boshlashdi.
1956-yilda esa, hozirga kelib, nafaqat Oʻzbekistonning, balki butun
Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri „Paxtakor“ futbol klubiga asos
solindi. „Paxtakor“ jamoasi 1962 hamda 1982-yillarda Sobiq Ittifoq
chempionatida 6-oʻrinni egalladi, 1968-yilda esa jamoa vakillari Sobiq
Ittifoq Kubogi baxslarining finaliga yoʻl olishgan. Oʻsha kezlarda
Toshkent viloyati sharafini himoya qiluvchi „Politotdel“, Jizzaxning
„Boʻston“, Fargʻonaning „Neftchi“, Namanganning „Navbahor“,
Samarqandning „Dinamo“ klublari ham Sobiq Ittifoq chempionatining
birinchi ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
1991-yilda Oʻzbekiston Mustaqillikka erishgach, Oʻzbekiston Futbol
Federatsiyasi (OʻFF) 1994-yildan boshlab, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi
(OFK) hamda FIFAning toʻlaqonli aʼzosiga aylandi. Shu yoʻl bilan
mamlakat jamoalari yirik xalqaro turnirlarda ishtirok etish huquqini
qoʻlga kiritdi. Jahon va Osiyo chempionati baxslari, Olimpiada va Osiyo
oʻyinlari musobaqalari oʻz navbatida Federatsiya raxbarlarini futbol
mutaxassislari, murabbiylar va barcha darajadagi murabbiylariga boʻlgan
munosabatlarini tiklash va qayta yoʻlga qoʻyish imkoniyatini yaratib
berdi.
Ana shu eʼtibor va harakatlar bois, turli yillarda Fargʻonaning
Neftchi hamda Qarshining Nasaf jamoalari Osiyoning klublar oʻrtasidagi
nufuzli Qitʼa Kubogi oʻyinlarida muvafaqqiyatli ishtirok etdi.
Yutuqlardan bir shingil sifatida, Oʻzbekiston terma jamoasining
1994-yilda, Yaponiyaning Xirosima shahrida oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlarida
champion boʻlganini alohida tilga olish mumkin. Bu hozirga qadar,
Oʻzbekiston terma jamoasining eng katta yutuqlaridan biri sanaladi.
Shuningdek, 2000-yilda Futzal, yaʼni mini-futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati ikkinchi oʻrinni egalladi.
2002-yilga borib, 20-yoshgacha boʻlgan futbolchilardan iborat
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Jahon Chempionatining final qismiga
yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Terma jamoalarning muvaffaqiyatli ishtiroklari, klub va bolalar
futbolining tezkor ravishda rivojlanishini Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov hamda mamlakat hukumatining
diqqat va eʼtibori bilan bogʻlash mumkin. Oʻzbekistonning mustaqillik
yillarida Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirish
borasidagi qarorlari futbolni rivojlantirishga xizmat qildi. Bu orada,
mini-futbol, ayollar hamda bolalar va oʻsmirlar futboli, ommaviy
futbolni rivojlantirish borasida barcha masalalarni hal qiladigan, turli
savollarga javob beradigan normativ baza yuzaga keldi. Bu esa, xalqaro
musobaqalarda terma jamoalar va klublarning muvaffaqiyatli ishtirokiga
sabab boʻldi.
Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya sportni rivojlantirishning keyingi
istiqbollarini koʻzlagan holda, Oʻzbekiston Respublikasining „Jismoniy
tarbiya va sport haqidagi“ qonun loyihasi 2000-yilning 26-mayida qabul
qilindi. Shundan soʻng, Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining ana shu
boradagi qator qonunlari eʼlon qilindi:
„Oʻzbekiston Respublikasida futbolning keyingi istiqbollarini belgilash toʻgʻrisida“gi Qonuni (144-sonli; 18/03/1993)
„Oʻzbekistonda futbol taraqqiyotining prinsiplari va asoslarini
tubdan amalga oshirish toʻgʻrisida“gi Qonuni (27-sonli, 17/01/1996)
„Oʻzbekistonda Futbol taraqqiyoti jamgʻarmasining faoliyatini
yaxshilash va uni qoʻllab quvvatlash toʻgʻrisida“gi Qonuni 1998-yilning
6-iyulida qabul qilib, 238-sonli qonun etib belgilab qoʻyildi. Bu qonun
Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirish boʻyicha 2006-yilgacha amalda
boʻladigan milliy dasturga ishora edi.
1996-yilning 17-yanvarida qabul qilingan 27-sonli qonun yordamida
professional klublar tizimi orqali respublikada futbolni rivojlantirish
siyosati aniqlab olindi. Oʻzbekiston chempionatining Oliy Ligasida
hozirga kelib, 14 ta jamoa ishtirok etadi. Birinchi Ligada esa, 20 ga
yaqin professional futbol klublari kurash olib bormoqda. 200 dan ortiq
klublar esa, ikkinchi ligada birinchi liga yoʻllanmasi uchun kurashni
davom ettirmoqda.
Oʻlkadagi futbol klublari hamda terma jamoalarga oʻrinbosarlar
tayyorlash maqsadida mamlakatning barcha tumanlarida futbol boʻyicha
ixtisoslashgan maktab-internatlar ochilgan.
Ana shu yosh iqtidorlarning kelajagi uchun mas’ul boʻlgan murabbiylar
hamda hakamlarning malakasini oshirish boʻyicha, Toshkentda FIFA hamda
OFK mutaxassislari ishtirokida xalqaro seminarlar ham uyushtirildi.
Bu orada respublikadagi stadionlar qayta taʼmirdan chiqib, yaʼni
oʻyingohlar barpo etildi. Bundan tashqari mini-futbol baxslari uchun
qator maydonlar qurildi.
Oʻzbekistonning boshqa hududlarida ishlarni tashkil etish uchun
Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi tarkibidagi viloyat futbol
federatsiyasi yaratildi. Ana shu federatsiyalar Oʻzbekiston Futbol
Federatsiyasiga kerakli maʼlumotlarni oʻz vaqtida toʻgʻridan toʻgʻri
yetkazib turadi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий