| Jamshid Iskanderov | ||
| Shaxsiy maʼlumot | ||
|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Jamshid Iskanderov | |
| Tavallud sanasi | 16-oktabr, 1993 | |
| Tavvalud joyi | Toshkent,, Oʻzbekiston | |
| Boʻyi | 1.68 m | |
| Ampluasi | Yarimhimoyachi | |
| Klub ma'lumoti | ||
| Joriy klub | Paxtakor | |
| Raqami | 10 | |
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | ||
| 2009—2012 | Paxtakor | |
| Professional klublar1 | ||
| Yillar | Klub | Isht. (Gol)* |
| 2011 2012—h.h |
Dinamo Samarqand Paxtakor |
2 (0) 51 (8) |
| Milliy terma jamoa | ||
| 2010—2011 2010—2013 2012 2014—h.h |
Oʻzbekiston U-19 Oʻzbekiston U-20 Oʻzbekiston U-20 Oʻzbekiston |
7 (1) 3 (1) 3 (1) 17 (1) |
|
1 Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) uchun. * Ishtiroklari (Gollari) |
||
Jamshid Iskanderov yoki Jamshid Iskandarov 1993-yili 16-oktabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkentning Paxtakor klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida oʻynaydi, ampluasi yarimhimoyachi. U FIFA U-20 Jahon chempionati 2013, AFC Osiyo kubogi 2015 saralash bosqichida hamda AFC Osiyo kubogi 2015 kabi yirik futbol musobaqalarida oʻynagan.
Klubdagi faoliyati
Jamshid 2011-yilning 28-mayida Oʻzbekiston oliy ligasidagi ilk debyutini Samarqandning Dinamo futbol klubi tarkibida boshlagan, oʻshanda Samarqand Dinamo klubi Zarafshonning Qizilqum klubiga qarshi kechgan oʻyinida 57-daqiqada maydonga tushgan edi.[3] 2011-yildan boshlab u Paxtakor tarkibiga qoʻshildi. 2014-yilda u may va oktabr oylarining eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan
Jamshid Iskanderov 2015-yilning 6-martida Oʻzbekiston Professional
Futbol Ligasining 2014-yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.[4]
Terma jamoadagi faoliyati
U Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibidagi ilk debyut uchrashuvini 2013-yili 6-sentabrda 2014-yilgi jahon chempionati uchun kechgan saralash bosqichi doirasida Iordaniya termasiga qarshi oʻynagan. 2015-yilgi Osiyo kubogida terma jamoa safida 3ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Yutuqlari
Oʻzbekiston chempioni (2): 2012, 2014
Oliy liga bronza medali sohibi (1): 2011
Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2011
Shaxsiy
- Oʻzbekistonning eng yaxshi yil oʻyinchisi (№ 2): 2013
- Oʻzbekistonning eng yaxshi yil oʻyinchisi: 2014
Комментариев нет:
Отправить комментарий